Erondagi suv toshqinlari natijasida halok bo‘lganlar soni ortmoqda

Olam

Eronda yog‘ayotgan davomli jala tufayli bir qancha hududlarda kuchli suv toshqinlari kelib chiqmoqda. Eronning janubida joylashgan Sheroz shahrida sel oqibatida kamida 11 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar tarqatdi.

Eronning tez tibbiy yordam xizmati direktori Pir Husayn Kulivand qurbon bo‘lganlardan tashqari 45 kishi jarohatlanganligini ma’lum qildi. Ulardan 30 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Favqulodda vaziyatlar va qutqaruv tashkilotlari Eron aholisiga murojaat bilan chiqmoqda. Murojaatda keltirilishicha, Eronning janubiy va g‘arbiy viloyatlarida yomg‘ir va suv toshqinlari seshanba kuni ham davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing