Eng qimmatbaho va noyob avtomobillar qayerda saqlanayotganini bilasizmi? (foto+videoreportaj)

Texnologiya

Dunyoning eng qimmatbaho va noyob avtomobillari qayerda saqlanishini bilasizmi? Biz Ozarbayjonning Baku shahriga amalga oshirgan tashrifimiz davomida bu avtomobillar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. 

Baku shahridagi Haydar Aliyev markazida klassik avtomobillar ko‘rgazmasi ochilgan.

Ushbu ko‘rgazmadan XIX-XX asrlarda AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va sobiq ittifoq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan avtomobillar o‘rin olgan. 

Ko‘rgazma 2015 yilda Ozarbayjon avtomobil federatsiyasi, “Classic Remise” – Germaniya klassik avtomobillar markazi, Fransiyaning milliy avtomobillar muzeyi hamkorligida tashkil etilgan.

Unda Mercedes Benz, BMW, Fiat, Wolksvagen, Rolls Royse, “Chayka”, “Volga –gaz 24” avtomobillarini ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazmadan 60 dan ortiq avtomobillar joy olgan. Markazda avtomobillar bilan suratga tushish, tasvirga olish taqiqlangan. 

Avtomobillar haftada bir marta markaz atrofida, oyda bir shahar bo‘ylab sayrga chiqadi.

Markazning birinchi qavatida Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti Haydar Aliyevga tegishli xizmat avtomobillari ham namoyishga qo‘yilgan. Ularning ikkitasi – “Chayka” va “Zil” avtomobillari sobiq ittifoq davrida, qolgan ikkita Mercedes Benz avtomobili esa Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, Prezident Aliyevga xizmat qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonlik jurnalistlarning Ozarbayjonga safari Toshkentdagi Haydar Aliyev madaniyat markazi tomonidan tashkil etildi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing