Endi qurol olib yurgan fuqaro besh yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi

Olam

image

Joriy yilning 15 mart kuni Yangi Zelandiyada mahalliy vaqt bilan 1:40 larda juma namozidan so‘ng ikki masjidda teror harakati amalga oshirilgan edi.

Avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrant tomonidan uyushtirilgan teror oqibatida jami 50 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarni terorchi o‘z qurollari orqali otib tashlagan.

15 mart mamlakat tarixida qonli kun sifatida qoldi. Shu sababdan, yana shunday holatlarning oldini olish maqsadida, Yangi Zelandiya parlamenti fuqarolarning qurolga egalik qilishi bo‘yicha qonunga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi. Tarqatilgan xabariga ko‘ra, qurol olib yurishni taqiqlovchi hujjat deyarli bir ovozdan qabul qilingan va general-gubernator Petsi Reddi tasdig‘iga kirtilgan.

Quroli bor odamlar sentyabrgacha politsiyaga topshirishi kerak, qurolni sotib olish tartibi iyungacha ishlab chiqilib, e’lon qilinadi. Qonunda taqiqdagi o‘t ochar qurol olib yurgan fuqaroga besh yillik qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing