YeL: Chorak final va yarim finallar juftliklari

Sport

image

Biroz avval, Yevropa Chempionlar ligasi chorak va yarim finallariga qur’a tashlangan edi. Endi esa, Sheveysariyaning Non shahrida Yevropa ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Eslatib o‘tamiz, YeLning chorak finaliga Angliyadan Arsenal va Chelsi, Ispaniyadan Valensiya va Vilyarreal, Italiyadan Napoli, Germaniyadan Ayntraxt, Portugaliyadan Benfika, Chexiyadan Slaviya klublari yetib kelishgan.

Qur’a jarayonini yana Jorjo Marketti olib bordi. Bu gal unga Yevropa ligasining maxsus elchisi, gollandiyalik sobiq futbolchi Per van Xoydonk yordam berdi.

1) Napoli – Arsenal
2) Vilyarreal – Valensiya
3) Benfika – Ayntraxt 
4) Slaviya – Chelsi

Chorak finalning ilk o‘yinlari 11 aprel kuni o‘tkazilsa, javob o‘yinlari 18 aprel bo‘lib o‘tadi.

Chorak final juftliklari aniqlangach, YeLning yarim finallarida o‘zaro to‘qnash keladigan juftliklar ham aniqlab olindi.

1) 1 juftlik – 2 juftlik
2) 3 juftlik – 4 juftlik

Yarim final bahslarining ilk o‘yinlari 2 mayda bo‘lib o‘tsa, javob bahslari 9 may kuniga belgilangan.

Final uchrashuvi esa 25 may kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda yarim final g‘oliblari o‘zaro bahslashadilar.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing