YeCHL: Chorak final juftliklari bilan tanishing

Sport

image

Biroz avval, Sheveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, YeCHLning chorak finaliga Angliyadan to‘rtta, Ispaniya, Italiya, Gollandiya va Portugaliyadan bittadan jamoalar yetib kelishdi. Qur’a jarayonida barcha 8 ta klub ham bitta savatdan o‘rin olishdi.

Qur’a jarayonida Jorjo Markettiga sobiq braziliyalik mashhur darvozabon Julio Sezar yordam berdi.

Qura natijalari bilan tanishing:

Ayaks – Yuventus
Liverpul – Portu
Tottenxem – Manchester Siti
Manchester Yunayted – Barselona

Chorak finalning ilk uchrashuvlari 9-10 aprel kunlariga belgilangan bo‘lsa, javob bahslari 16-17 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing