DXXning yangi raisi haqida nimalar bilamiz?

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, 2018 yil 31 yanvardan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ixtiyor Abdullayev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdusalom Azizov tayinlandi

Xo‘sh, Abdusalom Azizov kim, u haqda nimalar bilamiz? Ommaviy axborot vositalarida Azizovning shaxsiga nisbatan so‘nggi ikki yillikda shakllangan qarashlar iliqligicha qolmoqda. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vaziri lavozimida ish boshlagan vaqtlarda tizimda tub islohotlar amalga oshirildi. Idora faoliyati ochiq va shaffof bo‘ldi. O‘sha vaqtlarda IIV Matbuot xizmati mamlakat hududidagi jinoyatlarni yashirmay, ochiq-oydin, barcha tafsilotlari bilan yetkazishga o‘rgandi va OAVda yoritilgan hech bir masala e’tiborsiz qoldirilmadi.

OAV xodimlari, ayniqsa, internet nashrlar Azizov Mudofaa vaziri etib tayinlangunga qadar vazirlikning Matbuot xizmati xodimlarini hatto tanimagan. Boisi munosabatlar o‘rnatilmagan edi. Vazirlikka oid xabarlarning chiqishi norasmiy taqiqda bo‘lgan. Azizov faoliyati davomida Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati OAVga qo‘l uzatdi. Har bir voqealik, u xoh katta, xoh kichik xabar bo‘lsin, hammasi haqida axborot berib bordi. 

Shu o‘rinda Abdusalom Azizovning bugungacha bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlasak.

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 

2003-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi;

2006-2008 yillarda “O‘zbekneftmahsulot” AK bosh direktori;

2005 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2008 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari;

2008 yil dekabrdan 2009 yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublichikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga O‘zbekiston futbol fideratsiyasining vitse-prezidenti;

2009 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i;

2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri;

2017 yil sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

U 2017 yilda general-moyor, 2019 yilda general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov

Baholaganlar

1570

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing