Burak O‘zchivit Toshkentdan uy sovg‘a qilinganini rad etdi

Biznes

image

Bir necha kun avval taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit farzandli bo‘lgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa aktyorning o‘g‘li Karanga Toshkentdagi “Bizning Uylar Development” uy joy kompleksi tomonidan kvartira sovg‘a qilingani haqida asoslanmagan xabarlar tarqaldi. Ushbu mish-mishlarga nuqta qo‘yish maqsadida Burak O‘zchivit rasmiy raddiya bilan chiqdi. 


"Turk shirkati tomonidan qurilayotgan, O‘zbekistondagi reklama yuzi bo‘lganim “Bizning Uylar Development” uy joy kompleksi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqalog‘imiz Karanga uy berilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  xabarlar haqiqatga mos emas. Menda bunday talab bo‘lmagan. Va men hamkorlik qilayotgan kompaniyadan bunday taklifni olmadim. Men O‘zbek xalqiga samimiy hurmati va ijodimga bo‘lgan muhabbati uchun minnatdorchilik bildiraman".

Samimiyat bilan,
Burak O‘zchivit

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing