Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikistonga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 26 mart O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati saralash o‘yini doirasida Tojikiston olimpiya termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘FA Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindistonga qarshi bahs olib borib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Tojikiston esa Hindiston darvozasiga javobsiz 2ta gol kiritgan.

Bugungi o‘yin guruhda kim g‘olib bo‘lishini aniqlab beradi. Ma’lumot uchun, g‘olib jamoa kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston U-23 Osiyo chempionati

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing