Bugun Angliyada dahshatli derbi bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Bugun Angliya premer ligasining 31-turining qoldirilgan bahsi doirasida Manchester derbisi bo‘lib o‘tadi.

Muhtasham “Old Trafford” stadionida keyingi paytlarda omadsizliklar girdobiga tushib qolgan “Manchester Yunayted” o‘z hamshahari “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Dahshatli derbining mug‘imligi shundaki, azaldan bu ikki raqib bir-biriga dushman hisoblanadi. Bundan tashqari bugun “Manchester Siti” o‘yinda ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, chempionlikdan umidini o‘zsa ham bo‘laveradi. Shu boisdan Gvardiola shogirdlari jon-jahdlari bilan taxtda qolish uchun harakat qilishadi.

MYU esa, xafsalasi pir bo‘lgan muxlislarini biroz bo‘lsada ovutish uchun bugun kamida mag‘lub bo‘lmasliklari kerak. Aks holda, hattoki, Ole-Gunnar Sulsherning ham taqdiri qorung‘ulikka burkanishi mumkin.

Xullas, bugungi o‘yin nafaqat dahshatli derbi, balki yil o‘yini sifatida tarixda qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Manchester Yunayted

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing