Bugun 9 nafar o‘zbek bokschisi final uchun jang qiladi

Sport

image

Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bellashulari davom etmoqda. 1 kunlik tanaffusdan so‘ng, bugun musobaqaning yarim final bellashuvlariga start beriladi. 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ushbu bosqichga yetib kelgan. Bugun ular final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi. 

O‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari bilan tanishing:

Kunduzgi dastur, 12:00dan so‘ng:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Mirlan Turkbai Uulu (Qirg‘iziston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Pedres Bautista (Filippin)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Hussayn Iashaish (Iordaniya) (B ring)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Xong Gu (Xitoy)

Kechki dastur, 16:00dan so‘ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ashish (Hindiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Yu Ting Lin (Xitoy Taypeyi)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Kaur Baat (Hindiston)


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing