Bir haftalik ob-havo bilan tanishing

Bu qiziq

image

Ertaga, 19 fevral kuni O‘zbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. 

Faqatgina shimoliy hududlar Volga bo‘yidan kirib kelishi kutilayotgan nam va salqin havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin mamlakatning shimoliy viloyatlarida qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

20-21 fevral kunlari esa Volga bo‘yidan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barcha hududlariga ta’sir qiladi. Xususan, 20 fevral kunlari mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yomg‘ir, qor yog‘adi. 21 fevralda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qor yog‘ishi kutilmoqda. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.

Harorat 20 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 22 fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 23 fevralda esa kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing