O‘zbek yigitining muzlab qolgan jasadi suyaklari Qozog‘istonda topildi

Olam

image

Qish faslida Qozog‘iston hududida yo‘qolib qolgan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda ural56.ru nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi qish faslida Rossiya Federatsiyasi hududiga Qohog‘iston chegarasi orqali noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ammo u Orenburg oblastining Akbulak qishlog‘iga yaqin bo‘lgan joyda sovuqdan muzlab qolgan.

Uning jasadi qoldiqlarini joriy yilning 17 aprel kuni shu hududda yashovchi mahalliy aholi vakillari topib olishgan. Jasadning yonidan O‘zbekistonning 22 yoshli fuqarosi Sardor Norboyev nomiga berilgan pasport topilgan.

Surishtiruvlar natijasida Sardor Norboyevning qish faslida bedarak yo‘qolganligi aniqlangan. 22 fevral kuni uning rafiqasi Kseniya Norboyeva o‘z erining yo‘qolganligi to‘g‘risida mahalliy nashrda e’lon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

275

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing