“Bavariya” Mourinoni taklif etmoqchi

Sport

image

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Myunxenning “Bavariya” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Joze myunhenliklarga o‘tgan yildan beri ustozlik kilayotgan Niko Kovachning o‘rnini egallaydi. “Bavariya” mutasaddilari jamoaning ECHLning nimchorak finalida “Liverpul” imkoniyatni boy berib qo‘yganidan norozi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Niko Kovach shogirdlari Germaniya bundesligasining 26-turidan keyin 60 ochko to‘plagan holda, Dortmundning “Borussiya”si bilan birgalikda jadvalni boshqarib turibdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra “Bavariya” yuqori o‘rinda joylashgan.

Ma’lumot uchun Mourino 2018 yilning dekabrida “Manchester Yunayted” klubidagi vazifasidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Bavariya

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing