BAAda yettita neft tankerida portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun tongda Birlashgan arab amirliklarining Fujayra portida bir necha soat oralig‘ida kuchli portlashlar sodir bo‘lgan. 

Dastlab portda turgan tankerlardan birida yong‘in chiqan va kuchli portlashni yuzaga keltirgan. Natijada unga yaqin bo‘lgan va kamida 7 ta neft ortilgan tanker portlashi oqibatida alanga o‘chog‘i kengayib ketgan. 

Kuchli portlash Fujayra porti yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 4:00 va 7:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, yong‘in yettitadan o‘ntagacha neft tankerini qamrab olgan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmagan.

Guvohlarning aytishicha, yong‘in sodir bo‘lgan paytda portga yaqin hudud osmonida bir nechta AQSH va Fransiyaga tegishli harbiy samolyotlarni ko‘rishgan. Bu haqda “Rambler” xabar bermoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Fujayra Guvohlar tanker

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing