“Aurum 898”dagi janjal bo‘yicha so‘nggi hukm chiqarildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan), Saidazim Kamoliddinov (1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan), Alijon Xamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. 

Mazkur jinoiy ishi sudya Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A.Nishonov va M.Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib chiqib, Shodali Qilichovni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganliklarida aybdor deb topdi.

Sud hukmiga asosan Shodali Qilichovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

Manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Shuningdek, mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Jamshid Kenjaev Aurum 898

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing