O‘zbekistonda har yili bachadon bo‘yni saratonidan qancha ayol vafot etishi e’lon qilindi

Salomatlik

image

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda papilloma virusiga qarshi yangi vaksinaning tatbiq etilishi: maqsad va kutilayotgan natijalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar, Odam papillomasi virusiga qarshi emlanish mutlaqo xavfsiz. Bu virusga qarshi emlash jarayoniga imkon darajasida ko‘proq aholini jalb etish maqsadga muvofiq. 

Sababi hozirgi kunda OPVga qarshi butun dunyo kurashayotgan bo‘lsada, har yili dunyo bo‘ylab 370 mingdan ortiq ayol bachadon bo‘yni saratoniga chalinib, shulardan 190 mingga yaqini ushbu kasallik oqibatida vafot etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda esa bu kasallik bilan ko‘z yumganlar soni o‘tgan yillarda o‘rtacha yiliga 585 tani tashkil etdi. Bu har kuni deyarli ikki o‘zbekistonlik bachadon bo‘yni saratonidan vafot etayapti deganidir.

Hozirgi paytda saratonning bu turi bilan kasallanganlarning aksariyat qismini Afrika va Janubiy Osiyo davlatlari aholisi tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bachadon bo'yni saratoni

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing