APL to‘purari “Real” safiga o‘tishi mumkin

Sport

image

“Arsenal”ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, “qaymoqranglilar” rahbariyati 29 yoshli futbolchi uchun 85 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Londonliklar bosh murabbiyi Unai Emeri yangi futbolchilarni sotib olish uchun Obameyangni sotib yuborishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang joriy mavsum 22ta gol urib, Saloh va Manelar bilan birgalikda APL to‘purariga aylangan edi. Bu mavsum hujumchi “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 50ta o‘yinda 31ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Real Arsenal P'er-Emerik Obameyang

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing