Aleksey Buldakov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 3 aprel kuni Rossiya xalq aktyori Aleksey Buldakov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Amurskaya osen” teatr va kino festivali prezidenti Sergey Novojilov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Aleksey Buldakov 1951 yil 26 mart kuni tug‘ilgan. 1969 yilda Anton Chexov nomidagi Pavlodar drama teatri qoshidagi Yoshlar teatr studiyasini tamomlagan. Pavlodar, Tomsk, Ryazan teatrlari va “Belarusfilm” kinostudiyasining teatrida faoliyat olib borgan.

Aktyor “Milliy ovning o‘ziga xosligi” va “Milliy baliq ovining o‘ziga xosligi” filmlaridagi general Ivolin obrazi bilan tomoshabinlar yodida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Buldakov

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar