Ahmadboy: Kambag‘alni boy qilganman, boy (yanayam) boy bo‘lgan (video)

Intervyu

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetdi va jinoyatchilarga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan edi. 

QALAMPIR.UZ muxbiri sud yakunida Ahmadjon Tursunboyevdan eksklyuziv intervyu oldi. Biz sizga uni to‘liq havola etamiz.

Sud hukmidan rozimisiz?

 – Men noroziman deyayotganim yo‘q, sud hukmidan. Men bitta narsani iltimos qilmoqchiman. Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan. Lekin, fuqarolar sal xudodan qo‘rqsin. O‘n ming pulini 20 ming, 25 ming  qilib olgan. Insofam kerakda, ulargayam. Yo‘q narsani uyimni sotdim, joyimni sotdim deb tuhmat qilmasin. Xudodan qo‘rqsin.

Siz o‘zingizni qonun doirasida ishlaganman deb bilasizmi?

– Menmi, o‘zim uchun to‘g‘ri ish qilganman, fuqarolarni aldamaganman. Fuqarolar o‘z xohishi bilan pul olib kelgan. Fuqarolar ko‘paygandan keyin, men majbur bo‘lganman firmani qonuniy qilib, mana shunday ishlashga, birovni aldab pulini olmaganman. San xudodan qo‘rqqin. O‘n ming pulini 20 ming qilib olyapti. Yo‘q narsani bor deb tuhmat qilmasin. Portalga borib o‘zidan-o‘zi yo‘q narsalarni gapirmasin. Uyimni sotdim, molimni sotdim, deb. O‘z xohishi bilan bergan. Qaysi odam o‘zingiz o‘ylang, 10 ming dollarni 20 ming dollar qilib olyapti.  Bankka borsa bank buni hayotda qilib bermaydi. Bir yilda bank 10 mingingizni 12 ming qilib beradi, to‘g‘rimi? Ikki ming qo‘shib beradi. Sal mundoq o‘ylashsin. O‘z xohishi bilan olib kelgan. Uyda o‘tirganda o‘ylab gapirgan. Birinchi 5000 dollar pulini berishdan oldin 5 ming puli bo‘lsa, besh mingini olib kelgan. Borini tikmagan odamlar. Odamlar sal xudodan qo‘rqsin. Maqsadi pulni pul qilib olish bo‘lgan. Men bitta narsa qilaman. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan ming bor uzr so‘rayman. Men shu odamdan yordam so‘rayman. Menga shu odam yordam berishini xohlayman. Maqsadim to‘g‘ri ishlash bo‘lgan, birovni aldash bo‘lmagan niyatim. Men ferma qurayotgandim, joy qilayotgandim. Hammasi shu fuqarolarni puliga, ishlab hammasini qaytarish bo‘lgan, yeb ketish bo‘lmagan menda. 

Demak appelyatsiyaga bermaysiz?

– Appelyatsiya! Men yozmayman. 

Chiqqandan keyingi rejalaringizni o‘ylab qo‘yganmisiz?

– Alloh nasib qilsa, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich avf etsalar, xudo xohlasa, chiqib men ferma, chorva, parrandachilikni qilaman. Xalqqa foydam tegsin meni. Men o‘sha paytda ishlaganimdayam foydam tekkan, ziyonim tegmagan odamlarga. Kambag‘alni boy qilganman, boy (yanayam) boy bo‘lgan. Hech kim mendan ziyon qilmagan. Endi hayot shu, mana shunaqa bo‘lib qoldi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

539

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing