I Xalqaro ziyorat turizmi forumida muhim deklaratsiya imzolanadi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 21 fevral kuni Buxoroda I Xalqaro ziyorat turizmi forumi o‘z ishini boshladi.  

Anjumanda o‘nlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashmoqda. 

Forum doirasida turizm sohasidagi xorijiy kompaniyalar hamda davlat tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida davra suhbatlari va B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etiladi. Uchrashuvlar natijasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolash ko‘zda tutilgan. Ular orasida kutilayotgan eng muhim hujjat bu Buxoro deklaratsiyasidir, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hokimiyati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va forumning boshqa ishtirokchilari bilan birga “O‘zbekistonni ziyorat-turizmining markazlaridan biri sifatida e’tirof etish to‘g‘risida”gi Buxoro deklaratsiyasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, respublikaning ziyorat turizmi imkoniyatlari haqida jahon hamjamiyatini xabardorlik darajasi oshirish, O‘zbekiston yangi sayyohlik brendini ishlab chiqish, ziyoratchilar talablaridan inobatga olgan holda, mavjud turistik marshrutlarni takomillashtirish ham kutilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Ziyorat turizmi

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing