2050 yilga borib O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanganlar bo‘lmaydi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda 2050 yilga borib bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallangan ayollar deyarli bo‘lmaydi. Bu haqida hozirgina O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda papilloma virusiga qarshi yangi vaksinaning tatbiq etilishi: maqsad va kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Anjumanda qatnashgan mutaxassilarning aytishlaricha, Odam papillomasi virusiga qarshi har yili aholini emlab borish natijasida bunga erishiladi. 

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda har yili 1660 ta ayollar bachadon bo‘yi sarotoniga chalinmoqda. Bu kasallik asosan 17 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida uchramoqda. Bu kassalikning oldini olish bo‘yicha AQSHning Merck kompaniyasi OPVga qarshi vaksinani ishlab chiqdi.

Hozirga kelib rivojlangan mamlakatlarda aholi allaqachon bu vaksina bilan emlanmoqda. AQSH va Avstriya davlatlarida hozirning o‘zida, bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanganlar deyarli yo‘qolgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyidan O‘zbekistonda ham OPVga qarshi emlash boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bachadon bo'yi saratoni

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing