2023 yilgacha O‘zbekistonda barcha yo‘l belgilari almashtiriladi

Jamiyat

image

2023 yilga kelib O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llaridagi barcha belgilar yangilanadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Qayd qilinishicha, 2018 yildan boshlab maxsus reja asosida avtomobil yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlari sifat darajasini yaxshilash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2023 yilga qadar ko‘chalardagi barcha belgilar to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 170 ta yo‘l belgisi yetishmasligi aniqlangan. 81 mingdan ortiq belgilar magistral yo‘llarda, yana 25 mingga yaqin belgilar esa ichki mahalliy yo‘llarda o‘rnatilishi kutilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing