Hukumatdan erkinlik so‘rayotgan “Ozodlik” qachongacha uning ko‘ziga cho‘p suqadi?

Tahlil

image

Barchaga ma’lumki, “Ozodlik” radiosi omma o‘rtasida turli xil shov-shuvli xabarlarni o‘zi bilganicha (aqli yetganicha) tahrir qilib tarqatishi bilan dunyoga mashhur. Oldinroq ham bu nashrning eshitgan har qanday xabarini o‘zi istaganidek yoritishi haqida asosli dalillar bilan ma’lum qilgan edik.

 

Bu bilan biz ikki uch oy avval hammaning e’tiborini qaratishni boshlagandik. Ammo, bu galgisi hammasidan oshib tushdi...

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini butun dunyo bo‘ylab “so‘z erkinligi”ning timsoli sifatida “namoyish etish”ni hush ko‘radigan “Ozodlik” nashri muxbirlari turli xil aldov yo‘llaridan foydalangan holda O‘zbekistondagi davlat tashkilotlaridan ma’lumotlar olishga uringani isbotlangan audioyozuvlar tarqaldi.

Unga ko‘ra, “Ozodlik” radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydigan bir qator xodimlari O‘zbekistondagi turli tashkilotlarga telefon qilib, o‘zlarini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirgan holda, yo‘q muammolarni ham bor qilib ko‘rsatish uchun jurnalistika etikasiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan yo‘llardan foydalanishgan.

Bundan tashqari, turli provokatsion savollar bilan davlat xodimlarini kalaka qilishga uringani jurnalist nomi uchun ham, “so‘z erkinligi” jarchilari uchun ham sharmandali holatdir.

Bu kabi qo‘ng‘iroqlarni yozib olgan holda ularni o‘zlariga moslab, hatto, umuman o‘zgartirgan ko‘rinishda radioda e’lon qilish aslida qonunchilikka umuman to‘g‘ri kelmaydi. 

Oldinlari ham nashr O‘zbekiston haqida turli xil bo‘htonlarni tarqatib xalq orasida davlat tashkilotlariga nisbatan norozilik kayfiyatini yuzaga keltirish bo‘yicha bir qancha urinishlarni amalga oshirib kelgan.

Xalq o‘rtasida esa, bu kabi provokatsion xabarlarga tushunib-tushunmasdan yondashuvlar kuzatilib turadi. Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur deganlaridek, “Ozodlik”ning bu kabi tashviqotlari ham kuni kelib odamlarda davlatga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati uyg‘onmasligiga kim kafolat beradi?

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda barcha OAVga so‘z erkinligi yaratib berilgan. Bundan tashqari bir qator xalqaro nashrlarning O‘zbekiston hududida taqiqdan olingani alohida mavzu.

Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, “Ozodlik”ning suvni loyqalatishga urinishi – cho‘pchaklari  o‘z qarashiga ega, fuqarolik pozitsiyasi mustahkam bo‘lgan kishilarga ta’sir ko‘rsata олмайди. Negaki, oqayotgan keng daryodagi suvni birgina cho‘p iflosantirishga qodir emas. Shunday ekan "Ozodlik" ham xalqaro normalar, axborot olish va uni tarqatish, bir so‘z bilan aytganda, jurnalistika etikalariga to‘la rioya qilgan holda ishlashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Ozodlik

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing