Hindiston elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlanmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarni qabul qildi. Bu haqdaTashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining joriy holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqoti asosida shakllanib borayotgan hamkorlik munosabatlarning yuqori darajada ekanligi mamnuniyat bilan e’tirof etildi. Shuningdek, suhbatda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan uchrashuvlari alohida qayd etildi.

Muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbat yakunida elchi O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxona rahbari sifatidagi faoliyati doirasida O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan barcha yordamlar uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Hindiston

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing