Hasanboydan yana mag‘lubiyat! Osiyo chempionati chorak finali natijalari

Sport

image

Xabaringiz bor, Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. 

Kechadan e’tiboran ishtirokchilar musobaqaning qizg‘in pallasiga yetib kelishdi. Turnirning to‘rtinchi kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli boshlangan edi. 22 aprelga belgilangan janglar orasida 8ta o‘zbek bokschisi ringga ko‘tarildi. Dastlabki to‘rtta sportchi chorak finaldagi janglarini muvofaqqiyatli yakunlab, kamida bronza medallari masalasini hal qilishdi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Xampxouvan Xamsatone (Laos)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Chatchai Budte (Tailand)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Shaxnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)

Ammo shu bahslardan keyin ringga ko‘tarilgan qolgan to‘rt bokschi raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. E’tiborlisi, ular orasida olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatovning borligi, o‘zbek ixlosmandlarining dilini xira qildi.

-81 kg: E’zoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Amit Pangal (Hindiston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston

Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, bugun chorak finalning qolgan bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi o‘zbekistonliklar ringga ko‘tariladilar:

-60 kg: Shukurjon Rahimov - Xursand Imankuliyev (Turkmaniston)
-75 kg: Isroil Madrimov - Tursunbay Qulahmet (Qozog‘iston) 
-91 kg: Sanjar Tursunov - Chingiz Borbashev (Qirg‘iziston)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Namuun Monxor (Mo‘g‘uliston) 
-75 kg: Mavluda Mavlonova - Vei-Siyen Lin (Xitoy Taypeyi)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva - Suchada Panich (Tailand)


Maqola muallifi

Teglar

boks Osiyo chempionati

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing