Janubiy Koreya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik 30 yoshli futbolchi Ikrom Aliboyev faoliyatini Janubiy Koreya 2-divizioni jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda uni o‘z safiga qo‘shib olgan jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

E’tiborlisi, Aliboyevni yangi klubi “Seongnam” bugun, 9 yanvar – futbolchining tug‘ilgan kunida uning transferini e’lon qildi.

Aliboyev faoliyati davomida Janubiy Koreyaning “Seul”, “Tedjon Sitizen” va “Kanvon” kabi klublarida ham to‘p tepgan. Ikrom o‘zbekistonliklarga “Paxtakor” va “Lokomotiv”dagi faoliyati bilan yaxshi tanish.

Ma’lumot uchun, futbolchi 2015 yilda birinchi marta O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilingan. Terma jamoada u jami 28 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, turli yillarda turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalari sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Ikrom Aliboev Seongnam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing