Zelenskiy Davlat xavfsizlik boshqarmasi rahbarini ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Davlat xavfsizlik boshqarmasi rahbari Sergey Rudni ishdan bo‘shatdi. Tegishli farmon Ukraina Prezidenti saytida e’lon qilindi.

Ishdan bo‘shatish sababi haqida ma’lumot berilmagan. Rud bu lavozimda 2019 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Ukraina Davlat xavfsizlik boshqarmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat Prezidentiga bo‘ysunadi va yuqori mansabdor shaxslarning himoyasi, shu jumladan davlat rahbarining xavfsizligi uchun javobgardir.

Ma’lumot uchun, 7 may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati razvedka tarmog‘ini fosh qilgani, uning a’zolari Prezident Vladimir Zelenskiy, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov va boshqa yuqori martabali amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan. Mazkur ish doirasida Ukraina Davlat xavfsizlik xizmatining ikki polkovnigi hibsga olindi. Ular davlatga xiyonat qilish va terakt tayyorlashda ayblangan.

“Strana” nashrining yozishicha, qo‘lga olinganlardan biri Rudga yaqin bo‘lgan polkovnik Andrey Guk.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy suiqasd Sergey Rud' Davlat xavfsizlik boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing