Yangi 50 va 100 ming so‘mlik banknotlar 5 kun kechikib muomalaga chiqarildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 dekabrdan yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘m nominaldagi banknotlar muomalaga chiqarildi. Yangi banknotlar belgilangan muddatdan 5 kun kechikib chiqarildi.

Yangi banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Markaziy banki yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar joriy yilning 22 dekabridan chiqishini e’lon qilgandi. Aftidan bunga 50 000 so‘mlik banknotdagi xatolik sabab bo‘lgan.

Gap shundaki, Markaziy bank yangi banknotlarning dizaynini e’lon qilgach, ijtimoiy tarmoqda 50 000 so‘mlik banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb xato yozilgani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Markaziy bank banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilib, maqbaraning nomi to‘g‘ri qayd etilishini bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

banknot

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made