Yamanda sadaqa tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda 90 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Yaman poytaxti Sana shahrida sadaqa tarqatish vaqtida tiqilinch yuz berdi. Ushbu tiqilinchlar oqibatida 90 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.

Tiqilinch Bob al-Yaman tumanining markazida sodir bo‘lib, u yerga odamlar moddiy yordam – “zakot” olish uchun yig‘ilgan. 

“Ehtiyojga muhtojlarning har biri mahalliy tadbirkorlar tomonidan moliyalashtiriladigan xayriya fondidan 10 dollar olishi mumkin bo‘lgan”, deyiladi “Associated Press” xabarida.

Voqea joyiga yaqin bo‘lgan “Yaman Al-Masdar Online” agentligining manbasiga ko‘ra, avvaliga o‘q ovozlari eshitilgan, keyin esa qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda chiroqlar o‘chgan va bu vahima hamda tiqilinchga olib kelgan.

Politsiya ikki savdogarning hibsga olingani haqida xabar berdi. Ular Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilmagan va tashkilotsiz tasodifiy pul mablag‘larini tarqatishda ayblanmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakillari qarindoshini yo‘qotgan har bir oilaga 2000 dollarga yaqin, yaradorlarga esa 400 dollarga yaqin tovon puli to‘lashini va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaman tiqilinch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing