Samarqandda mudhish YTH. Bir ayol vafot etdi
Jamiyat
−
24 dekabr 2019
6565Samarqandda Spark avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi 2 nafar ayolni urib yubordi. Natijada ulardan biri vafot etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda haydovchi 30 yoshli A.Z boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini Jomboy tuman “Eshimoqsoq- Jomboy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan vaqtida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R va Z.R.larni urib yuborgan.
Natijada piyoda F.R turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Z.R esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar

