Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyeva O‘zbekistonga keladi
Olam
−
18 Dekabr 2019 13212 1 daqiqa
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyeva va vitse-prezident – Birinchi xonim Mehribon Aliyevaning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida kechgan muloqotda so‘z borgan.
Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining Parlament Assambleyasining yalpi majlisi o‘tmoqda.
Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va tabrigini yetkazgan. Uning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrifdan so‘ng taraqqiyot jarayonlaridan chuqur taassurot bilan qaytgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi Tanzila Norboyeva rasmiy Toshkent Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyevaning tashrifini intiqlik bilan kutayotganini aytgan. Norboyeva vitse-prezident Mehribon Aliyevaning faoliyati haqida yaxshi bilishlarini ta’kidlab, uning Ozarbayjonning rivojlanish jarayonlariga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr