Ukrainada yer ostida joylashgan maxfiy qurol zavodlari qurilgan – “El Mundo”

Olam

image

Ukrainada yashirin qurol zavodlari tarmog‘i qurilgan, ularning ba’zilari yer ostida joylashgan. Bu haqda Ispaniyaning “El Mundo” nashri Ukraina qurol sanoatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, ushbu zavodlarning joylashuvi o‘ta sirli.

“El Mundo” suhbatdoshiga ko‘ra, hozir Ukrainani eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa bu zavodlarning Rossiya qo‘shinlaridan qanchalik yashirinligidir.

“Biz ishchilar orasidan bir qancha xoinlarni aniqladik”, deydi manba nashrga.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, Yevropada qurollantirishga imkon beradigan zavodlar yo‘q, Ukrainada esa bu imkoniyat bor.

“Bizda pul va shartnomalar yetarli emas, Yevropada Rossiya tahdidi tufayli ularni qayta qurollantirishga imkon beradigan zavodlar yo‘q. Bu yerda boshqa Yevropa zavodlariga qaraganda ancha qisqa vaqt ichida ular xohlagan narsani ishlab chiqarish uchun tajriba va resurslarga egamiz”, deydi manba.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina qurol zavodlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made