Turkiyada ikki ming yillik kosmetika vositalari topildi

Bu qiziq

image

Arxeologlar Turkiyaning Kyutahya provinsiyasidagi qadimiy Ayzanoy shahrida olib borilgan qazishmalar chog‘ida 10 xil noyob bo‘yanish vositalari, shuningdek, soch aksessuarlari va zargarlik buyumlarini topdi. Bu haqda “Arkeonews” xabar berdi.

Ayzanoy shahri G‘arbiy Anadoluda, Kyutahya provinsiyasidan 48 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Shahar 1824 yilda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan kashf etilgan va 1830 va 1840 yillarda o‘rganilgan. Ayzanoyda ilmiy qazishmalar 1926 yilda Germaniya arxeologiya instituti topshirig‘iga binoan boshlangan. Hozirda Dumlupinar universiteti qazish ishlarini olib bormoqda.

Ayzanoy Rim davrining eng muhim shaharlaridan biridir. Zevs ibodatxonasi, stadion-teatr majmuasi va bozor hozirgacha saqlanib qolgan.

“Qazishmalar Kyutahya provinsiyasi hokimligi va Dumlupinar universiteti hamkorligida olib borildi”, degan Dumlupinar universiteti professori Gekxan Joshkun.

Qadimiy shaharning bozor maydonida arxeologlar 2000 yildan ortiq tarixga ega kosmetika va zargarlik buyumlari do‘koni qoldiqlarini topgan. Mutaxassislarning fikricha, bu yerda parfyumeriya, zargarlik buyumlari va kosmetika mahsulotlari sotilgan. Qadimiy parfyumeriya idishlari, zargarlik buyumlari va kosmetika vositalari buni isbotlab turibdi.

“Ma’lumki, qadimgi rimliklar dori-darmonlarni chig‘anoq qobig‘ida saqlashgan, biz qazilmalar orasidan ko‘plab chig‘anoqlarni topdik”, degan Joshkun.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya kosmetika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made