Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

“Tottenhem” Eriksenni “Real”ga qo‘yib yuborishga tayyor

Sport

image

Londonning "Tottenhem" klubi daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenni sotishga qaror qildi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi. 

"Tottenhem" klubi prezidenti Daniel Levi "Real" bilan aloqaga chiqqan va 27 yoshli daniyalik futbolchining madridliklar bilan shartnoma imzolashi mumkinligini ma’lum qilgan. 

Eriksen 2018 yildan buyon boshqa klubga o‘tishi haqida xabarlar tarqaladi.Ayniqsa, uning "Qirollik klubi"ga o‘tishi haqida ko‘p va xo‘p aytilgan bo‘lsa-da, bu sodir bo‘lganicha yo‘q. 

Ayni paytda daniyalik yarim himoyachi londonliklar bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti va kelajagini Madridda ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, "Real" rahbariyati Eriksenni jamoaga olib kelish orqali yarim himoyadagi muammolarni "yumshatish"ga erishmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing