Trampning odami Pompeo Ukrainaga boryapti

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo 3 aprel kuni Ukrainaga tashrif buyuradi. Bu haqda “Politico” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashrif 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ehtimoliy nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan Pompeo uchun AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp va Florida gubernatori Ron DeSantis fikridan farqli ravishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va o‘z pozitsiyasini ko‘rsatish imkoniyatidir. Gazetaning qayd etishicha, sobiq davlat kotibining Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi hozircha ma’lum emas. 

Avvalroq DeSantis “AQSH ko‘plab hayotiy milliy manfaatlarga ega”, biroq “Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi hududiy nizoga keyingi aralashish ulardan biri emasligini” aytgan edi. Tramp, shuningdek, Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga va mojaroning tezroq tugatilishiga qarshi chiqdi. 

Tramp o‘tgan yilning 15 noyabrida 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida yana ishtirok etishini e’lon qilgan edi. DeSantis hali prezidentlik ambitsiyalarini e’lon qilmagan, biroq Tramp aslida u bilan davlat rahbari lavozimiga nomzodlik uchun kurashish imkoniyatini tan olgan. Ehtimoliy kampaniya haqida gapirgan boshqa respublikachilar orasida AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli, AQSH sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens va Pompeo ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Pompeo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made