AQSH va Xitoy savdo kelishuvini imzoladi
Olam
−
16 yanvar 2020
5007AQSH va Xitoy yarashuvni e’lon qildi. Amerika Prezidenti Donald Tramp va Xitoy Davlat kengashi vitse-Bosh vaziri Lyu Xe ikki mamlakat o‘rtasida deyarli ikki yildan beri davom etayotgan savdo mojarosini hal qilishga qaratilgan kelishuvlarning birinchi fazasini imzoladi.
Kelishuvning muhim bandlaridan biri AQSH intellektual mulkini himoya qilishga aloqador. Rasmiy Vashington bir necha marta rasmiy Pekinni o‘z texnologiyalarini o‘zlashtirishda ayblagan.
“Xitoy amerika g‘oyalari, savdo sirlari, patent va markalar himoyasi masalasida o‘ziga sezilarli majburiyatni oldi. Ko‘pchilik bu haqda taxmin qilgandi. Biz ko‘p narsani muhokama qildik. Bu faqatgina birinchi faza. Hech kim bizga shuncha masalada yon berilishini o‘ylamagandi”, degan Tramp.
Shuningdek, Xitoy kelasi ikki yil davomida amerika mahsulotlari importini ko‘paytirishga rozi bo‘lgan. U 200 mlrd dollarlik qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va energiya tashuvchi mahsulotlardan sotib olishi kerak.
O‘z navbatida AQSH yangi bojlar joriy qilishdan voz kechib, mavjud ba’zi bojlarning foizini kamaytirgan. Bojlar hujjatning keyingi qismi imzolanmaguncha o‘z kuchida qoladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha muzokaralar boshlandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




