Moskvaga uchgan samolyot mina sabab ortga qaytdi
Olam
−
27 yanvar 2020
9283Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Aeroflot” kompaniyasining mamlakat poytaxti Moskvaga uchgan samolyoti mina haqidagi anonim xabar sabab ortga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Xabarovsk-Moskva reysi samolyoti layner minalashtirilgani haqidagi anonim xabardan so‘ng ortga qaytyapti”, deyiladi xabarda.
Samolyot Xabarovsk aeroportiga xavfsiz qo‘nib olgan. Endilikda samolyotda tekshiruv ishlari o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Xabarovsk-Moskva yo‘nalishidagi 1713-sonli reys Airbus A330-343 samolyoti bilan amalga oshirilayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari
48495
07 aprel

Rus matbuoti Jalolovni tanqid qildi
37616
08 aprel

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
32635
07 aprel

1 maydan “svet” uchun yangi tarif joriy etiladi
22713
09 aprel

Zaynilobiddin Nizomiddinov hokimlikka tayinlandi
22681
07 aprel