Misrdagi ommaviy YTHda 18 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 mart 2020
7097Bugun, 26 mart kuni Misrning Qohira shahrida joylashgan Xeluan tumanida ommaviy yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda 18 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi esa turli darajada yaralandi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish mollari ortilgan yuk mashinasi katta tezlikda harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng, 15 ta mashinani bosib o‘tgan va politsiya blokpostida to‘xtatilgan.
Halok bo‘lganlarning aksariyatini yo‘lda turgan mikroavtobus yo‘lovchilari tashkil etmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi tirik qolgan va u politsiya tomonidan ushlangan.
LiveBarchasi