Samarqandda tadbirkorning 306 mln so‘mlik mulki “tuya qilindi”

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida o‘zganing 306,4 mln so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “U.M.” MCHJning buyurtmalarni tarqatish markazi administratori G.R. o‘zining moddiy javobgarligidagi 306,4 million so‘mlik maishiy texnika va uyali aloqa vositalarini buyurtmachilarga yetkazib bermasdan naqd pulga sotib, tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangandi


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Samarqand talon-taroj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made