PSJ Mbappega Portugaliyadan o‘rinbosar topdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi “Sporting” yetakchilaridan biri, shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati shved futbolchisini “Real”ga ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Kilian Mbappening o‘rnini bosadigan hujumchi sifatida ko‘rmoqda. Fransuz klubi futbolchining atrofidagilar bilan dastlabki aloqalarni boshlab o‘rnatgan va boshqa top-klublar qimmatligi tufayli 25 yoshli hujumchini qo‘lga kirita olmasligini taxmin qilmoqda.

Joriy mavsumda Dyokeresh Portugaliya klubi safida barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Sporting” bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 55 million yevroni tashkil qiladi, 2023 yilning yozida Portugaliya klubi shvedni “Koventri”dan 21 million yevro evaziga sotib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Viktor D'yokeresh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing