WSJ Prigojinning o‘limi ortida kim turganini ochiqladi

Olam

image

Yevgeniy Prigojinning o‘ldirilishini Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari Nikolay Patrushev uyushtirgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Prigojin qo‘zg‘olon boshlaganida, Patrushev buni “Vagner” rahbaridan abadiy qutulish imkoniyati sifatida ko‘rgan.

WSJning yozishicha, Prezident Patrushevning so‘zlariga quloq solmagan, chunki vagnerchilar jang maydonida muvaffaqiyatga erishayotgan edi.

Keyin Prigojin go‘yoki Putinga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘q-dorilar yetishmasligidan shikoyat qilgan va bu katta yo‘qotishlarga olib kelgan.

WSJ manbasiga ko‘ra, Patrushev o‘sha paytda Putinning ofisida edi. Xavfsizlik Kengashi rahbari Prigojin xavfli bo‘lib qoldi va Kreml kuchini hurmat qilishni to‘xtatdi, deb hisoblagan.

“Putin Prigojinning ta’minot haqidagi keyingi shikoyatlarini, shu jumladan Rossiya harbiy rahbariyati bilan ommaviy mojarolarni e’tiborsiz qoldirdi va Vagner rahbarining qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi”, deb yozadi WSJ.

Materialda aytilishicha, 2023 yil iyun oyida Prigojin o‘z isyonini boshlaganida, Patrushev nazoratni o‘z qo‘liga olgan.

Shuningdek, Xavfsizlik kengashi rahbari Prigojinga hamdard bo‘lgan zobitlarni chaqirib, Prigojin “Vagner”ni isyonni to‘xtatishga ishontirishni so‘ragan.

Patrushev qo‘shni davlatlardan mojarolarni hal qilish uchun vositachilar ham qidirgan. Aleksandr Lukashenkodan tashqari bu Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev edi. Agar Rossiya armiyasi yollanma askarlarni ushlab tura olmasa, Qozog‘iston qurolli kuchlari yordam berishi kerak edi. Biroq To‘qayev rad javobini bergan.

Qo‘zg‘olon tugagandan so‘ng, Patrushev qotillik rejasini ishlab chiqishni boshlagan. Nashrning G‘arb razvedka idoralaridagi manbalariga ko‘ra, Putinga bu rejalar keyinroq ko‘rsatilgan va u e’tiroz bildirmagan.

Joriy yilning 23 avgust kuni “Vagner” rahbari Sheremetevo aeroportida uning samolyoti tekshirilib, jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan paytda kutib turganida, aynan shu vaqtda qanot ostiga kichik bomba qo‘yilgan. Parvozdan yarim soat o‘tgach, taxminan 8500 metr balandlikda bomba portlagan. Samolyotdagi o‘n kishining barchasi halok bo‘lgan. Kreml Prigojinning o‘limiga aloqadorligini rad etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolay Patrushev Evgeniy Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made