Prezident bir qator sportchi va murabbiylarni mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, uning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlangan:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

  • Maxsitov Baxodir - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

  • G‘ofurov Davron Dilmuradovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiysi;
  • Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati;
  • Yarashov Yergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

  • Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

”Do‘stlik” ordeni bilan

  • An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi ”Paxtakor” futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi;
  • Baraban Igor Petrovich - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi;
  • Muminova Gyozal Baxodirovna - Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o‘rinbosari;
  • Savinova Irina Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi;

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Kondakova Muxabbat Bakiyevna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘q otish bo‘yicha murabbiysi;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi;
  • Qobulov Nurali O‘ktamovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Tadjiyev Baxadir Muxitdinovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig‘i;
  • Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi;

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Abduvaliyev Andrey Xakimovich - O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari;
  • Kazakova Anna Valerevna - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi;
  • Kun Yelena - O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi;
  • Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako‘l tumanidagi kurash to‘garagi rahbari, Buxoro viloyati;

”Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Abdullayev A’loxon Ayubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi;
  • Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Jo‘rayev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Raxmonaliyev Umarali Maxamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi;
  • Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

“Shuhrat” medali bilan

  • Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati;
  • Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha katta murabbiysi;
  • Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Namangan viloyati;
  • Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
  • To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi;
  • Turaboyev Bekzod Saitkulovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi;
  • Xasanov Akmal Yo‘ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiysi.

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev sportchi mukofot murabbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made