Pokiston Bosh vaziri O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Kecha, 8 may kuni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida so‘z bordi. 

Shundan so‘ng delegatsiya Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Ishoq Dar, Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon, xususiylashtirish vaziri Abdul Alim Xon, Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqot vaziri Rana Tanvir Husayn hamda Pokiston temiryo‘llari raisi Sayid Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pokiston Bosh vazir delegatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made