Sifatsiz tibbiy niqoblar fosh etilgan maxsus operatsiya o‘tkazildi
Jamiyat
−
29 fevral 2020
9794Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda “niqob” operatsiyasini o‘tkazdi. Tezkor tadbirda yirik miqdordagi sifatsiz tibbiy niqoblar fosh etildi.
O‘tkazilgan operatsiya davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar


