Netanyaxu Rafahga hujumdan nimani maqsad qilganini aytdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazishidan ikkita asosiy maqsad ko‘zlangan. Bu garovdagi isroilliklarni qaytarish va HAMAS harakatini yo‘q qilish. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

“Biz o‘g‘irlab ketilganlarning avvalgi ozod qilinishi chog‘ida faqat HAMASga harbiy bosim ularning qaytishi uchun zaruriy shart ekanini isbotlaganmiz,”, degan Netanyaxu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rafah nazorat-o‘tkazish punktining nazorati “HAMASning harbiy va boshqaruv salohiyatiga putur yetkazish yo‘lidagi juda muhim qadamdir”. Netanyaxu Isroil askarlariga “vazifani a’lo darajada bajargani” uchun minnatdorlik, oxirgi kunlarda halok bo‘lganlarning oilalariga esa hamdardlik bildirdi. 

Shuningdek, Isroil Bosh vaziri HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish parametrlariga rozi bo‘lishini Rafahdagi harbiy operatsiyani buzishga urinish, deb ta’kidladi. 

“Isroil fuqarolarimiz xavfsizligi va davlatimiz kelajagiga tahdid soladigan taklifni qabul qila olmaydi”, degan Netanyaxu.

U Qohirada bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralarida Isroil delegatsiyasiga garovga olinganlarni ozod qilish va mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni talab qilishni buyurdi.

Ayni vaqtda Qohirada tinchlik muzokaralari qayta boshlangan. Hujum arafasida HAMAS Qatar va Misr taklif qilgan sulh parametrlariga rozi bo‘ldi. Kelishuvning birinchi bosqichida yuzlab falastinlik asirlarning ozod etilishi va SAXALning G‘azo sektoridan qisman olib chiqilishi evaziga 33 mahbusning Isroilga topshirilishi, ikkinchi bosqichda qolgan barcha tirik mahbuslarning ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Asirlarni almashish va sulh shartnomasini tuzishning uchinchi bosqichida isroillik garovga olinganlarning qolgan jasadlarini topshirish, blokadani olib tashlash va Falastin anklavini tiklash nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 may kuni Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlagan edi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Netan'yaxu G'azo HAMAS Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made