Namanganda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota uy yerto‘lasidan topildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uy yerto‘lasidan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Gap shundaki, Chortoq tumanida yashovchi fuqaro M.M. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va sudning qarori bilan undiruvchi V.N. foydasiga 1 nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lashi belgilangan. Mazkur hujjat MIBning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. 

Qarzdor ota esa alimentni to‘lashdan bosh tortib yurgan. Qarzdorlik 20 mln so‘mdan ortib ketgan. Ustiga ustak ota ishlash maqsadida Toshkent shahriga borib, “berkinib” yurgan. Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan. 

Qidiruvlar natijasida erkak Toshkent shahridagi yashash xonadoniga kelgani ma’lum bo‘lgan. MIB xodimlari uning xonadoniga borganda, oila a’zolari uni kelmaganini bildirgan. Ammo erkak uyining yerto‘lasidan topilgan. 

Belgilangan tartib bo‘yicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochisiga topshirilgan va unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made