Murodjon Ahmadaliyevning yangi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini 12 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmadaliyevning bo‘lajak raqibi yaponiyalik Naoya Inoue emas. Hozircha o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining raqibi noma’lum.

29 yoshli Ahmadaliyev hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tez orada uning raqibi nomi ham e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamarlarining sobiq egasi hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev shu vaqtga qadar profboksda 13 ta jang o‘tkazib, 12 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa raqibiga imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyevning vaznidagi Naoya Inoue WBC,WBA,WBO va IBF kamarlarini o‘zida saqlab qolgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made