Misr va Qatar G‘azoda 20 kunlik sulhni taklif qilmoqda

Olam

image

Misr va Qatar G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish hamda HAMAS va Isroil o‘rtasida 20 kunlik sulh tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, vositachilar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar orasida Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan ma’lum miqdordagi falastinliklar evaziga G‘azoda garovda qolgan tinch aholini ozod qilish, shuningdek, 20 kunlik sulh mavjud.

Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Misr-Qatar tashabbusini ko‘rib chiqmoqda.

Yaqin vaqtgacha HAMAS yetakchilari harakat pozitsiyasini ma’lum qilgan. Bu esa Isroil kuchlari G‘azodagi janglarni to‘liq to‘xtatmaguncha, garovga olinganlarni almashish bo‘yicha har qanday muzokaralarni rad etish bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq HAMAS Isroilning garovga olinganlarni ozod qilish evaziga bir haftalik sulh haqidagi taklifini rad etgandi. Misr hukumati Isroil va HAMASga G‘azo sektori ustidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha uch bosqichdan iborat rejani taklif qildi. Isroil tomoni Misr taklif qilgan rejaning birinchi bosqichini amalga oshirish imkoniyatini istisno etmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Qatar G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made