Toshkentda yana bir Taqsimlash markazi ochildi. Tibbiyot xodimlari ishga taklif qilinyapti
Jamiyat
−
28 iyul 2020
9768"Yoshlik" sport majmuasidagi taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilamiz
Poytaxt Toshkent shahrida koronavirus va zotiljam belgilari bilan og‘rigan bemorlarni Taqsimlash markazlari ishga tushirilayotganidan xabaringiz bor. Ana shunday markazlardan biri Shayxontohur tumanidagi "Yoshlik" sport majmuasida ham ochildi.
Toshkent shahar hokimligidan xabar qilishlaricha, ushbu maskan bemorlar uchun 520 nafar koyka-o‘rinlarga ega bo‘lib, barcha zarur tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlangan.
Ayni vaqtda ushbu markazga tibbiyot xodimlari ishga taklif etilmoqda. Qayd qilinishicha, tibbiyot xodimlarining yashashi va ish faoliyatlarini olib borishlari uchun yotoqxona va barcha sharoitlar mavjud.
Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:
• Shifokorlarga 15 mln so‘m;
• Hamshiralarga 10 mln so‘m;
• Kichik tibbiyot xodimlariga 5 mln so‘m tartibda ish haqi to‘lanadi.
Ish vaqti 12 soatdan iborat bo‘lib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqtini tashkil etadi.
Shuningdek, Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi va ovqatlanish ham ish beruvchi hisobidan bo‘lib, maoshlar har kuni to‘lab boriladi.
Mazkur maskanda ishlashni xohlovchilar quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin:
71 249 63 81
LiveBarchasi
Trenddagilar



