Mirziyoyev Nukusga bordi
Jamiyat
−
30 mart 2023
9372Bugun, 30 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashrifdan maqsad hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishishdan iborat.
Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi.
Shuningdek, davlat rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni ko‘zdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.